BMT hisob-kitoblariga köra, Isroil Ğazo sektorida Falastinning HAMAS harakati jangçilariga qarşi uruşda bombardimon qiliş vaqtida tinç aholini yetarliça himoya qilmayapti. «Isroilning bombardimon qilişlari tinç aholi orasida qurbonlarni imkon qadar kamaytiradigan uruş vositalari va usullarini tanlaş talabini oçiqdan-oçiq buzmoqda», dedi BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk çorşanba kuni Jyenevada «Ğazo mojarosi paytida pala-partiş va nomutanosib zarbalar» hisoboti taqdimotida.
Hujjatda, uning mualliflariga köra, Isroil tinç aholini himoya qiliş böyiça talablarni e’tiborsiz qoldirayotganini tasdiqlovçi bayonotlar keltiriladi. Xususan, ötgan yilning oktyabr oyida Isroil harbiy vakilining «Gaarets» gazetasiga bergan intervyusidagi sözlari keltirilgan. Isroil, albatta, zarbalar nişoni va vayronagarçilik kölamini muvozanatlaştiradi, ammo «hozirda biz maksimal zarar yetkazişga qaratilganmiz», dedi u.
Boşqa bir parçada Isroil armiyasi vakilining HAMAS va Ğazo sektori aholisiga şunday degani keltirilgan: «Isroil Ğazo sektorini töliq qamal qildi, suv yöq, faqat zarar. Siz dözaxni xohlasangiz - uni olasiz».
Ğazo sektorida tinç aholining ommaviy ölimi
BMT 9 oktyabrdan 2 dekabrga qadar Isroilning Ğazo sektoriga uyuştirgan oltita zarbasini tekşirdi, ular davomida betonni teşuvçi hamda bir vaqtning özida binoning bir neça qavatini vayron qilişi mumkin bölgan bombalardan foydalanilgan. Natijada turar joy binolari, maktab, qoçqinlar lageri va bozor vayron bölgan, kamida 218 kişi halok bölgan. 2 dekabr kungi zarba oqibatida diametri 130 metr bölgan hudud vayron bölgan, 15 ta uy butunlay yöq qilingan, yana 14 tasi zarar körgan.
BMT hisoboti mualliflari jangovar harakatlar paytida mutanosiblik tamoyiliga rioya qiliş zarurligini ta’kidladi. «Binolardan birida 7 va 8 oktyabr kunlari Isroilda sodir bölgan qirğinlarda bir yoki bir neçta şaxs bölgan bölsa ham, bu butun bir mavzeni Isroil tomonidan zarba beriş uçun qonuniy nişonga aylantirmaydi. Aholi ziç joylaşgan hududlarda keng miqyosda quroldan foydalaniş, vayronagarçilikning keng maydoniga ega bölgan portlovçi harakatlar uning tinç aholi va jangçilar örtasida samarali farqlaşga e’tibor bermaganligini körsatadi», dedi BMT ekspertlari va bu uruş jinoyati bölişi mumkinligini ta’kidladi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hisobotida, şuningdek, Falastin qurolli guruhlari Isroil hududiga tinç aholigaça yetib borişi mumkin bölgan raketalar otayotgani qoralanadi. Hujjatda ta’kidlanişiça, harbiy texnika va askarlar aholi ziç joylaşgan hududlarga joylaştirilmasligi kerak.








