Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimçalar kiritildi.

Unga köra, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara şartnomasini tuzmasdan ijaraga beriş, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olişda, ijara munosabatlarining obekti hududiga kirişda va undan foydalanişda ijaraga oluvçiga asossiz ravişda tösqinlik qiliş yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara şartnomasida notöğri körsatgan holda davlat mulkini ijaraga beriş:

— mansabdor şaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça (1 mln 700 ming sömdan 3 mln 400 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi;

xuddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa: 

— mansabdor şaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça (3 mln 400 ming sömdan 5 mln 100 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.