Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryölining moliyaviy taqsimoti ma’lum qilindi. Bu haqda Qirğiziston Jöqorği Keneşining 19 iyun kuni bölib ötgan yiğilişidagi ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi.

Qayd etilişiça, loyihaning umumiy qiymati 4,7 mlrd dollarni taşkil etadi. Şundan 2,35 mlrd dollar iştirokçi davlatlar tomonidan ularning loyihadagi uluşlariga muvofiq taqsimlanadi. Xususan, Xitoy 1,18 mlrd dollar, Qirğiziston va Özbekistonning har biri 573 mln dollardan sarmoya kiritişi lozim.

Qolgan 2,35 mlrd dollar Xitoy tomonidan ajratiladigan notijorat kredit hisobidan moliyalaştiriladi. Hozirda bu borada Xitoy Eksimbanki va XXR Milliy banki bilan muzokaralar olib borilyapti. Temiryöl qurilişi 6 yil davom etişi mumkin.

Ma’lumot uçun, 2024 yil 6 iyun kuni Pekinda Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi böyiça bitim imzolangandi.

Bitimga muvofiq, Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli Qaşğar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yönalişi böylab ötadi.

Mutaxassislarning qayd etişiça, yuk taşiş yillik hajmi 15 million tonnagaça yetişi mumkin, tovarlarni yakuniy iste’molçilarga yetkaziş muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan taşqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi. 

Avvalroq Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi joriy yil oktyabr oyida boşlanişini aytgandi.