Uning ölimi haqida öğli Kifer xabar bergan: «Qattiq anduh bilan aytişim kerakki, otam Donald Sazerlend vafot etdi».

«Men uni kino tarixidagi eng muhim aktyorlardan biri deb bilaman. U rol tanlamasdi — yaxşimi, yomonmi yoki yovuzmi, öynab ketaverardi», — degan Kifer rejissyor Serjio Leonening vestern janridagi maşhur filmi nomiga işora qilib.

«U öz işini sevardi va sevgan işini qilardi. Taqdirdan bundan ortiğini söraş imkonsiz. Bu yaxşi yaşab ötilgan hayot böldi», — degan Kifer.

Donald Sazerlendga maşhurlikni 1970-yillarda Amerikaning «MEŞ» teleşousida öynagan jarroh Pirs roli keltiradi.

Özining ijodiy faoliyati mobaynida Sazerlend qariyb 200 ta rol ijro etgan.

U Kanadada tuğilgan, avvaliga radio-reportyor bölib işlagan. 1957 yilda bölğusi aktyor Londonga kelib, London musiqa va dramatik san’at akademiyasida tahsil oladi.

Keyin u Britaniya kinolarida va teleseriallarda kiçik rollarni öynaydi.

Sazerlend şuningdek Ikkinçi jahon uruşi töğrisidagi, taqdimoti 1967 yilda bölgan «Iflos dyujina» (The Inglorious Bastards) jangari filmida rol ijro etadi.

Uning kadrdagi nostandart harakatlari kinematograflar e’tiborini öziga jalb etadi va u yana bir harbiy filmdan rol oladi: «Kellining qahramonlari» (Kelly's Heroes) filmida serjant Odboll rolini.

Donald Sazerlend 1975 yilda

1971 yilda Sazerlend «Klyut» (Klute) filmida detektiv rolini öynaydi, unda uning qahramoniga yöqolgan kişini topişda yuqori haq tölanadigan fohişa yordam körsatadi.

Bu rolni öynagan Jyeyn Fonda «Oskar» mukofotini qölga kiritadi. «Klyut»dan keyin Sazerlend va Fonda ikki yil uçraşib yurişadi, keyin ajralişadi.

1973 yilda «Endi esa qarama» (Don't Look Now) filmidagi oçiq sahnalar tomoşabinlar Sazerlend va uning filmdagi şerigi Juli Kristi örtasida işqiy munosabatlar borligi haqida öylaşiga sabab böladi. Sazerlend bu miş-mişlarni rad etib çiqişiga töğri keladi.

1976 yilda u «Burgut qöndi» (The Eagle Has Landed) nomli Ikkinçi jahon uruşi töğrisidagi filmda Irlandiya respublika armiyasi a’zosi bölgan terrorçi rolini, 1978 yilda – «Tana öğrilari bosqini» (Invasion of the Body Snatchers) rimeykida boş rolni ijro etadi.