Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi, deyiladi mamlakat TIV bayonotida.
Şuningdek, Armaniston BMT Boş Assambleyasining Ğazo sektorida zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqiruvçi rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlaganini, şuningdek, «Yaqin Şarqda tinçlik va barqarorlik örnatilişidan, yahudiy va Falastin xalqlari örtasida mustahkam tinçlik örnatilişidan manfaatdor ekanligini» eslatdi.
«Turli xalqaro forumlarda biz har doim Falastin muammosini tinç va keng qamrovli hal etiş tarafdori bölib kelganmiz va Isroil-Falastin mojarosining «ikki davlat» tamoyili asosida hal qilinişini qöllab-quvvatlaganmiz, bu falastinliklar va isroilliklar orzusini amalga oşirişni ta’minlaşning yagona yöli ekaniga aminmiz», deyiladi bayonotda.
22 may kuni Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Umuman olganda, Falastin suvereniteti BMT 193 a’zosidan 147 tasi tomonidan tan olingan.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Falastinni tan oliş qarorini «terrorizm uçun mukofot» deb atadi.








