Navoiy viloyatida pulli yöl qurilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinişiça, viloyat hokimi Normat Tursunov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bölib qaytgan. Taşrif çoğida ikki tomonlama manfaatli bölgan bir qança kelişuvlarga erişilgan.

Jumladan, Xitoyning Sian şahrida Navoiy-Sian hududlari örtasida investitsiyalar, sanoat va savdo hamkorligiga bağişlangan işbilarmon doira vakillari uçraşuvi ötkazilgan. Unda Sian şahri işbilarmon doira vakillariga viloyatning investitsion va sanoat salohiyati, viloyatda zamonaviy turar joy majmualari va avtomobil yöllari qurilişining istiqbollari hamda viloyatning drayver sohalari hisoblangan kimyo, quriliş materiallari, elektrotexnika, tekstil va boşqa sanoat tarmoqlarida amalga oşirilişi mumkin bölgan 50 dan ortiq investitsion loyiha takliflari yuzasidan taqdimot qilingan.   

Uçraşuv davomida Sian şahrining bir qator kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar ötkazilgan.

Xususan, Shaanxi Roenter International Supply Chain Co., Ltd kompaniyasi boş menejeri Sara Xe bilan viloyatning M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboşi” avtomobil yöliga parallel ravişda 43 kmlik pulli yöl quriş konsepsiyasi muhokama etilgan. Xitoy tomoni kompaniya mutaxassislaridan iborat bölgan işçi guruhi tuzilib, Navoiy viloyatiga taşrif buyurişi hamda loyihani amalga oşiriş yuzasidan texnik-iqtisodiy asosnomasi işlab çiqilişi böyiça kelişib olingan. 

Şuningdek, Xiangshui Changyang Chemical Co Ltd kompaniyasi ta’sisçisi bilan viloyatda kimyo texnoparki taşkil etiş yuzasidan, Dongguan Huaxin Laser Technology Co., Ltd kompaniyasi mas’ullari bilan viloyatda har xil quvvat va ölçamdagi energiya tejamkor elektrodvigatellarini işlab çiqariş borasida kelişuvlarga erişilgan.

Viloyat delegatsiyasining Xitoyga taşrifi davomida Özbekistonning Pekin şahridagi elçixonasida qator yirik kompaniya vakillari bilan uçraşuv ötkazilib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib borilgan.  

Qayd etilişiça, safar çoğida Xitoy kompaniyalari bilan viloyatda zamonaviy biznes-markaz, xizmat körsatiş majmualari va dam oliş maskanlarini quriş, 100 gektar maydonda “Özbekiston – Xitoy” sanoat zonasini taşkil etiş, mebelçilikka ixtisoslaşgan sanoat zonasini taşkil etiş hamda viloyatda çarmni qayta işlaş loyihalarini amalga oşiriş, viloyatda muqobil elektr energiyasi işlab çiqariş va hududdagi konlarni özlaştiriş, misni qazib oliş va qayta işlaş kabi qator sohalarda kelişuvlarga erişilgan.