Şvetsiya rasmiylari Rossiyani Skandinaviya mamlakati sun’iy yöldoşlari faoliyatiga «aralaşuv»da aybladi. Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristerssonning 20 iyun, payşanba kuni Bloomberg agentligiga ma’lum qilişiça, Stokholm NATOga qöşilganidan bir neça kun ötib kuzatilgan sun’iy yöldoş nosozliklari «jiddiy hamda Rossiyaning Şvetsiya va boşqa davlatlarga qarşi qaratilgan kengroq gibrid harakatlarining bir qismi sifatida körilişi mumkin».
Kristerssonning sözlariga köra, Şvetsiya öz hamkorlari bilan hozir Moskvaning harakatlariga «javob izlamoqda». Şu bilan birga, deb yozadi Bloomberg, Şvetsiya poçta va telekommunikatsiyalar boşqarmasi BMTdagi Xalqaro elektraloqa ittifoqining Jyenevada joylaşgan kengaşidan Rossiya aralaşuvi masalasini körib çiqişni söradi.
Boltiqböyi mamlakatlari Rossiyani mintaqada GPS’ni öçirişda ayblayapti
Aprel oyi oxirida Estoniya, Latviya va Litva taşqi işlar vazirlari Boltiq dengizi mintaqasida GPS sun’iy yöldoş navigatsiya tizimining bostirilişi tufayli aviatsiya halokati xavfi ortişi haqida ogohlantirgan edi. Ularning fikriça, aralaşuv ortida Rossiya turgan.
Xabar qilinişiça, GPS nosozliklari fuqarolik samolyotlarining parvozlarini töxtatgan. Şu tariqa, 25 va 26 aprel kunlari Finlandiya milliy aviataşuvçisi Finnair’ning Helsinkidan Estoniyaning Tartu şahriga yöl olgan ikkita samolyoti Finlandiyaga qaytişga majbur böldi. Umuman olganda, ekspertlar hisob-kitoblariga köra, bir neça oy davomida fuqaro aviatsiyasining ön minglab parvozlari nosozliklardan zarar körgan.








