Ukraina, Armaniston va Rossiyaning uç fuqarosi Germaniyada xorij razvedkasi foydasiga yaşirin faoliyat olib borişda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda 21 iyun, juma kuni Federal sud huzuridagi Boş prokuratura (GBA) idorasi ma’lum qildi. Hibsga olinganlar qaysi davlat foydasiga işlagani aniqlaştirilmagan. 

Xabarda aytilişiça, ukrainalik Robert A., arman Vardges I. va rossiyalik Arman S. 19 iyun kuni Frankfurt-Mayn şahrida Gessen federal yeri jinoyat boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olingan, bir kundan keyin ular tergov sudyasiga olib ketilgan. Federal sud uçalasini ham hibsga olişga order bergan. 

Ayblanuvçilar Germaniyaga xorijiy razvedka xizmati nomidan «bu yerda bölgan ukrainalik şaxs haqida ma’lumot» töplaş uçun kelganlar, ular qölga olingan kuni Frankfurt-Maynda bu şaxs kelişi kerak bölgan kafeni kuzatişgan, deyiladi Germaniya Boş prokuraturasi bayonotida.

Der Spiegel: Ehtimoliy agentlar kuzatuvdagi şaxs bilan kafeda uçraşişga kelişgan

Öz navbatida, Der Spiegel haftaligi «xavfsizlik xizmatlari»ga tayanib, gumon qilinayotgan agentlar «ukrainalik şaxs» bilan Frankfurt kafesida uçraşişga kelişib olganini, ammo u öz hayotiga suiqasd bölişi mumkinligidan şubhalanib, politsiyaga xabar berganini yozadi. Der Spiegel ma’lumotlariga köra, bu odam «öz vatanida ruslarga qarşi kuraşgan». Tergov hibsga olingan uç şaxs soxta ism va familiyalar ostida harakat qilganini istisno etmayapti. 

Nemis OAV: Rossiya Germaniyada josuslik usullarini moslaştirmoqda 

Rossiyaning Ukrainadagi keng kölamli uruşi paytida Yevropa Ittifoqi davlatlari 500 ga yaqin rus josuslarini çiqarib yuborgan, Germaniyada esa törtta Rossiya konsulligi yopilgan. 7 aprelda çop etilgan NDR, WDR va Süddeutsche Zeitung nemis ommaviy axborot vositalarining qöşma suriştiruviga köra, Rossiya zamonaviy texnologiyalar va «sayohat agentlari»ga tayanib, josuslik usullarini yangiladi. 

Nemis ommaviy axborot vositalari suriştiruvi sönggi ikki yil içida Rossiya operatsiyalari sezilarli darajada qöpollaşganini ta’kidlaydi: agentlar qölga tuşişlarini avvaldan hisobga olişadi. Kremlparast OAV 1 mart kuni Germaniyada janjalga sabab bölgan TAURUS haqidagi nemis zobitlari örtasida tutib olingan suhbatni e’lon qilganini misol qilib keltiriş mumkin.