Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş, şuningdek, ularni aniqlaş va tergov qiliş uslublarini takomillaştirişga qaratilgan raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş maqsadida «Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutini taşkil etiş nazarda tutilgan. Institut raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqot va işlanmalar markaziga aylanişni maqsad qilgan.
Qarorning asosiy jihatlari:
1. Institutga raqamli kriminalistika sohasida sud-tibbiy ekspertiza va tadqiqotlar ötkaziş vakolati beriladi;
2. Kiberjinoyatlarni tergov qiliş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi. Huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyati samaradorligini oşirişda “katta hajmli ma’lumotlar” (Big Data) tahlili, sun’iy intellekt va boşqa ilğor texnologiyalardan foydalanişga alohida e’tibor qaratiladi;
3. Huquqni muhofaza qiluvçi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlaş, olib qöyiş, saqlaş va tadqiq etişda amaliy yordam körsatiladi;
4. Raqamli kriminalistika böyiça sud ekspertizalarini ötkaziş usullari işlab çiqiladi va takomillaştiriladi;
5. Kripto-aktivlar va blokçeyn texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlaş va tergov qiliş usullari işlab çiqiladi;
6. Raqamli kriminalistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi;
7. Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik kengaytiriladi.
Qarorda «Raqamli dalillarning yagona reyestri» – idoralararo avtomatlaştirilgan tizimni yaratişga alohida e’tibor qaratilgan. Reyestr raqamli dalillarni, jumladan, fotosuratlar, video va audio yozuvlar, elektron hamyonlar haqidagi ma’lumotlar, kripto-aktivlar manzillari, IP-manzillar va jinoyatlarning boşqa raqamli izlarini töplaş, qayd etiş, saqlaş va tahlil qiliş uçun möljallangan.











