Xalqaro Qizil Xoç qömitasi (XQXQ) 22 iyun, şanba kuni ma’lum qilişiça, uning Ğazo sektoridagi idorasi yaqin atrof öqqa tutilgani oqibatida zarar körgan. «Juma kuni tuşdan keyin yirik kalibrli snaryadlar Xalqaro Qizil Xoç qömitasining idorasi va turar joy binolaridan bir neça metr masofaga tuşdi. Hujum natijasida XQXQ ofis binosi zarar kördi, uning atrofida çodirlarda yaşovçi yuzlab köçirilgan tinç aholi vakillari yaşaydi», deyiladi bayonotda. XQXQ ma’lumotlariga köra, otişmadan söng taşkilotning yaqin atrofdagi dala kasalxonasida 22 kişi halok bölgan va 45 kişi yaralangan, boşqa qurbonlar haqida ham xabarlar bor.

Hisobotda aytilişiça, XQXQ obektlari yaqinida xavfli darajada öqqa tutiş ham tinç aholiga, ham gumanitar xodimlarga bevosita tahdid soladi. Nizolaşayotgan tomonlar XQXQ markazlarining koordinatalarini bilişadi. Bundan taşqari, ular Qizil Xoç emblemasi bilan aniq belgilangan.

Falastin Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, Isroil Ğazo sektori janubida Rafah ğarbidagi al-Mavasiy köçirilganlar uçun çodir lagerini öqqa tutdi. 8 iyun kuni bu yerda XQXQ xodimlari rahbarligida mahalliy aholiga yordam beriş uçun dala kasalxonasi taşkil etildi. Hujum oqibatida kamida 25 kişi halok bölgani va 50 kişi yaralangani aytilmoqda. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. 

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 37,4 mingga yaqin falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.