Tahririyatga Toşkent şahri Şayxontohur tumani Boğköça dahasida joylaşgan şahar 4-bolalar klinik şifoxonasida davolanayotgan bolalarning onalaridan murojaat kelib tuşdi. Unda şifoxonaga olib borilgan bolalarga körsatilayotgan tibbiy yordam yomonligi, kasalxonada davolaniş uçun yetarli şaroit yöqligi aytilgan. Kun.uz muxbiri şifoxonaga borib, onalar bilan suhbatlaşdi.
19 iyun kuni 6 oylik çaqaloğini şifoxonaga olib kelgan Madina Usmonova reanimatsiya bölimida bolasining issiğini tuşira olişmayotganidan şikoyat qildi. Uning aytişiça, çaqaloğiga bronxopnevmoniya taşxisi qöyilgan, bolasi 10 kun oldin isitmalaşni boşlagan. Bu yerda kelişdan oldin xususiy klinikada davolangan. Isitmasi tuşavermagaç, şahar 4-bolalar klinik şifoxonasiga olib kelgan.

«Olib kelganda farzandimning isitmasi 38,5-39 daraja edi. Şifoxona qabulxonasiga kirganimning özidayoq yotaymi-yotmaymi deb ikkilandim. Juda abgor holatda edi. Bizning tumanga qaragani uçun şu yerga kelişga majbur böldim. Farzandim reanimatsiyada yotibdi, birorta zamonaviy texnika yöq, çaqaloqlar ötgan asrda qolib ketgan temir krovatlarda yotişibdi. Sematika bölimida 3 kun yotgan bölsam ham bolamning issiği tuşmadi», – deydi ayol.
Jahona Mirvohidova ham farzandini 19 iyun kuni şu şifoxonaga olib kelgan. Uning çaqaloği 9 oylik bölib, unga pnevmoniya taşxisi qöyilgan.
«Kelgan kunim jonlantiriş bölimiga olib kirişdi. 4 soat içida isitmasini tuşiriş uçun qatorasiga 6 ta analgin qilişdi, lekin issiği tuşmadi. Boş şifokor biror marta kelgani yöq. Endi 5-sonli şahar şifoxonasiga yöllanma yozib berişlarini kutyapmiz, bolamni öşa yerga olib bormoqçiman», – deydi u.
Farzandini 20 iyun kuni şifoxonaga olib kelgan Munisa Husanova ham yuqoridagi ayollarning gaplarini takrorladi. U ham bolasini oldin xususiy şifoxonada davolatgan. 4-şahar bolalar klinikasiga esa issiği tuşmagani sabab olib kelgan.

«Bolamni 40 daraja isitma bilan olib kelgandim. Tomoğidan beryapti deyişdi. Reanimatsiyaga olib kirib ketib, ertalab isitmasi tuşdi, 37,4 deb qaytarib berişdi. Lekin termometrda ölçasam 38,5 ekan. Nega bunaqa böldi deb sörasam, hozir tuşgan edi deb özlarini oqlaşdi. Hozir SAMPIga olib keldik









