Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Özbekistonda “Buxoro yöl tarmoğini yaxşilaş loyihasi”ni amalga oşiryapti. Bunda Buxoro şahridagi asosiy xalqaro transçegaraviy yöllarning hamda Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatlaridagi yöl tarmoqlarining samaradorligi, xavfsizligi va iqlimga çidamliligi oşiriladi.

1-bosqiçda A-380 xalqaro yölining muhim qismi rekonstruksiya qilinadi.

Loyihaning umumiy qiymati 214,7 mln dollarni taşkil etadi. Şundan 49,5 mln dollarini Özbekiston hukumati ajratadi, şuningdek, OIIBdan 165,5 mln dollarlik qarz mablaği jalb etiladi.

Bank vakillari – loyiha menejerlari Runze Yu va Komron Rajabiyon Kun.uz'ga bergan intervyusida loyihaning ba’zi tafsilotlarini aytib ötdi.

Runze Yu – Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankida transport masalalari böyiça mutaxassis. Bankda 6 yil, Özbekistonda esa 5 yildan beri işlayapti. U OIIBda loyihalarni tayyorlaş, amalga oşiriş va monitoring qiliş bilan şuğullanadi.

Komron Rajabiyon – Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankida 4,5 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Bankdagi vazifasi investitsion şeriklik, bundan taşqari, Özbekistondagi ayrim operatsiyalar uçun qöşma loyiha guruhi rahbari sifatida ham faoliyat yuritadi. U loyihalarni aniqlaş, amalga oşiriş, monitoring qiliş, tugatiş bilan şuğullanadi, umuman töliq siklda loyihalar ustida işlaydi.

— Bank hozirda Buxoroda yöl infratuzilmasini yaxşilaş loyihasi ustida işlayapti, loyiha haqida batafsil ma’lumot bera olasizmi?

Runze Yu

Runze Yu: Loyiha rekonstruksiyaga qaratilgan. Bu transçegaraviy ahamiyatga ega xalqaro avtomagistral bölib, şunça yillik oğir foydalanişdan keyin, uning holati yomon ahvolga tuşib qolgan. Bu qöşni davlatlarni boğlaydigan asosiy yöldir. Bilasiz, Özbekiston “ikki karra” dengizga çiqa olmaydigan davlat. Demak, xalqaro yölaklar ustida işlaş nafaqat mamlakatning özi, balki butun Markaziy Osiyo va qit’alararo aloqa uçun katta ahamiyatga ega.

Biz uşbu loyihani işlab çiqayotib, uning ikkinçi bosqiçi haqida haqida ham öylayapmiz. Şuningdek, bajariladigan işlarning borişini kuzatiş uçun uskunalar sotib olişni ham taklif qilyapmiz.