Rossiyaning Voronej viloyati politsiyasi Voronej şahridagi bir neçta quriliş obektlarida migratsiya qonunçiligiga rioya qilinişini tekşiriş maqsadida reyd ötkazdi.

45 Strelkovaya diviziya köçasida joylaşgan obektda özbekistonlik mehnat migrantlari qölga olingan.

Politsiya taqdim etgan videoda bir qança işçi yerga ötqazib qöyilgani, miltiq bilan qurollangan va yuzi niqoblangan şaxslar boşqa işçilar guruhini saf tortgan holda olib kelayotgani körinadi. Politsiyaçilardan biri ularga «na stulya prisajivaytes» (stullarga ötiring) degani eşitiladi. Vaholanki, bu joyda heç qanday stul yöqligi körinib turibdi.

Politsiya xabarida aytilişiça, «Rosgvardiya jangçilari kömagida 45 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olingan». Ulardan 12 nafari hujjatlarini tekşiriş uçun politsiya bölimiga olib ketilgan. Keyinçalik ularga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksning «Çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs tomonidan noqonuniy işga joylaşiş» moddasi böyiça 12 ta bayonnoma tuzilgan. Şuningdek, iş beruvçiga nisbatan Voronej IIB tomonidan tekşiruv tayinlangan.