Rossiya qöşini 22 iyun kuni kunduzi Xarkiv böylab boşqariluvçi aviabombalar taşladi, deb xabar qiladi mahalliy rasmiylar. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov zarba natijasida fuqarolik infratuzilmasi şikastlanganini xabar qilgan: turar joy, jamoat transporti bekati, dökonlar.

Ukraina boş prokurori ofisi bergan sönggi ma’lumotlarga köra, uç kişi halok bölib, 52 kişi jarohatlangan. 16 kişi şifoxonaga yotqizilgan, şundan olti nafari oğir ahvolda. Jabrlanganlardan ikki nafari — bolalar.

Xarkiv oblasti prokuraturasi Rossiya qöşini şahar böylab törtta aviabomba taşlaganini xabar qilgan. Şahar meri Igor Terexovga köra, bombalardan bittasi beş qavatli turar joy binosiga, yana uçtasi — işlab çiqariş korxonalariga tuşgan. Korxonalarga zarbalar oqibatida bir kişi halok bölib, yana uç kişi jarohatlangan. 

«Suspilne» naşri öz muxbiriga asoslangan holda, aviabomba tuşişi oqibatida turar joy binosining taşqi devori qisman, şuningdek kamida uçta qavatdagi kvartiralar vayron bölganini xabar qilgan. 

Qurbonlardan biri — zarba kelib tuşgan joy yaqinidagi bekatda turgan trolleybus yölovçisi. 

Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Aviazarba oqibatida vayron bölgan kvartira
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvçi iti bilan vayron bölgan uy xarobalari ostidan yaradorlar va omon qolganlarni qidirmoqda
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkivga zarba yuzasidan munosabat bildirgan. U bunday hujumlar «töxtatilişi kerakligi va töxtatilişi mumkin bölgani» haqida gapirgan. 

«Biz Rossiya terrorçilari va Rossiya harbiy aviatsiyasini turgan joyida yöq qilişimiz uçun hamkorlardan kuçliroq qarorlar kerak. Biz allaqaçon çegaradoş hududlarni terrorçilarning raketa uçiriş qurilmalaridan tozalaş orqali odamlar hayotini raketa terroridan çinakamiga himoya qila olişimizni isbotlaganmiz. Bombalardan ham himoya qiliş kerak. Şunday qat’iylik lozim», — deya yozgan Zelenskiy öz telegram-kanalida.