DW xabariga köra, Xarkiv meri Igor Terexov va viloyat harbiy maʼmuriyati rahbari Oleg Sinegubov şaharning ikki tumaniga raketa zarbalari berilganini maʼlum qilgan.

Sinegubovning bildirişiça, bir zarba Slobodskoy, yana uçtasi Nemişlyanskiy tumaniga töğri kelgan. Hujumdan keyin ötkir stress reaksiyasi kuzatilganlar orasida 13 yoşli qiz ham bor.

Nemişlyanskiy tumanida turar joylar şikastlangan. Terexovning dastlabki maʼlumotiga köra, yuzdan ortiq deraza singan. Mer kamida bitta hujumda S8000 «Banderol» raketasi qöllanganini ham bildirgan.

Keçki zarbalar Xarkivga şu kun davomida uyuştirilgan ikkinçi hujumlar seriyasi böldi. Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga köra, ertalabki zarbalarda 71 yoşli ayol va 58 yoşli erkak halok bölgan, 22 kişi jabrlangan. Ön kişi şifoxonaga yotqizilgan, ulardan ikkisining ahvoli oğir bölgan.

16-oktabr keçqurun Dniproga ham zarba berilgan. Dnipropetrovsk viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Aleksandr Ganjaning maʼlum qilişiça, şahar atrofida yonğin çiqqan. Bir erkak halok bölgan, yana tört kişi yaralangan.

Xarkiv avvalgi kunlarda ham hujumlarga uçragan edi. Mahalliy hokimiyat 13-oktabrga ötar keçasi berilgan zarbalarda uç kişi halok bölgani va 11 kişi yaralanganini xabar qilgan. Öşanda raketalardan biri tört qavatli uyga tegib, uning bir podyezdini butunlay vayron qilgan. 11-oktabrda şahar va viloyatga uyuştirilgan hujumlarda esa yana ikki kişi halok bölgan.