Xitoyda dunyodagi eng katta quyoş elektr stansiyasi işga tuşirildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bu stansiya Xitoy ğarbida, Şinjon-Uyğur avtonom rayonida, Urumçi şahri yaqinidagi çöl hududida qurilgan. Stansiya umumiy hisobda 13,3 ming gektar maydonni egallagan.

Xitoyliklar stansiyani quriş uçun esa 2,1 mlrd dollariga yaqin mablağ sarflagan va u yiliga 6,09 mlrd kilovatt soat energiya işlab çiqara oladi.

Taqqoslaş uçun, bu Papua-Yangi Gvineya davlatini bir yil elektr energiya bilan ta’minlaşga yetarli böladi.

Avvalroq, Xitoyning ğarbiy qismida Ninsya Genggeli çölida Longyuan Power Group va China Lüfa Qinghai New Energy kompaniyalarining ikkita umumiy quvvati 3 gVt energiya işlab çiqaruvçi yirik quyoş elektr stansiyalari işga tuşirilgandi.

Ma’lumot uçun, dunyodagi eng yirik şamol elektr stansiyasi ham Xitoyda qurilgan.