"Dunyo" xabariga köra, mer Özbekiston rahbariyati tomonidan ajdodlar şonli tarixi, xususan, faşizmga qarşi kuraşda jon fido qilgan özbekistonlik 101 nafar askarning xotirasini tiklaşga qaratilayotgan ulkan e’tiborni yuksak baholadi.
"Faşistlar taşlab ketgan bir parça nonni baham körib, eng oğir vaziyatlarda ham matonat va yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etgan özbek harbiy xizmatçilarining qahramonliklari tarixçi olim sifatida meni juda ruhlantirdi. Ota-bobolaringiz jasoratlari faşistlarning rejalari va mafkurasini barbod etib, madaniyatli xalq qanday bölişi kerakligini amalda isbotlab berdi. Öşa davrda özbek askarlarining qahramonliklari haqida golland tilida köplab şe’rlar yozilgan. Natijada şonli tarix xotirada saqlanib qolgan", – qayd etdi mer.
Lyosden munitsipaliteti aprel va may oylarida "Rastxof" qabristonida dafn etilgan sovet askarlari, jumladan, özbekistonlik 101 nafar uruş faxriylariga hurmat bajo keltiriş uçun har yili ötkaziladigan xotira tadbirlarini an’ana sifatida saqlab qolişga intilyapti.
Ayni paytda "Rastxof" qabristoni yonida muzey taşkil etiş böyiça işlar olib borilmoqda, unda özbekistonlik 101 nafar askar xotirasiga bağişlangan alohida bölim taşkil etiladi.
Lyosdendagi Sovet harbiy qabristonida Sobiq Ittifoqdan 865 nafar uruş qurbonlari, jumladan, 101 nafar özbekistonlik askar dafn etilgan. Niderlandiya fuqarosi, "Sovet şon-şaraf maydoni" jamğarmasi boşqaruv kengaşi raisi Remko Reyding köp yillar davomida ularning şaxsini aniqlaş va xotirasini saqlab qoliş ustida işlamoqda. Jamğarma askarlarning yaqinlarini qidirib, qabrlarining ziyoratini taşkil etadi.








