Agar Rossiya KXDRga yuqori aniqlikdagi qurollarni topşirsa, Janubiy Koreya Ukrainaga qurol yetkazib beriş böyiça çeklovlarni bekor qilişi mumkin. Bu haqda 23 iyun, yakşanba kuni KBS TV telekanalida Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati Milliy xavfsizlik departamenti rahbari Çan Xo Çjin ma’lum qildi. Avvalroq u Seulning Rossiya va Şimoliy Koreya örtasida hamkorlik şartnomasi imzolanişi munosabati bilan «taşvişini» bildirgan edi. 

«Ta’kidlamoqçimanki, hammasi Rossiya qanday yöl tutişiga boğliq böladi. Rossiya Şimoliy Koreyaga yuqori aniqlikdagi qurollar yetkazib bersa, bizda keyinçalik qandaydir çiziq qoladimi?» - deya Çan Xo Çjinning sözlarini keltiradi Yonhap agentligi.

Agentlikning aniqlik kiritişiça, agar Rossiya Federatsiyasi «qizil çiziqdan ötsa» Janubiy Koreya Ukrainaga qurol yetkazib berişni boşlaşi mumkin. Öz navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 iyun kuni Kiyevga harbiy yordam ötkazilişi Janubiy Koreya uçun «katta xato» bölişini aytdi. 

Janubiy Koreya - yirik qurol yetkazib beruvçi 

Janubiy Koreya dunyodagi eng yirik qurol yetkazib beruvçilardan biri, ammo u Ukrainaga qurol yubormaydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda ikki davlat munosabatlaridagi bu holatni qadrlaşini aytdi. Şu bilan birga, ayrim jahon OAV Janubiy Koreya snaryadlari Vaşington ularni u yerdan Ukrainaga olib borişi uçun AQŞga yetkazib berilişi mumkinligi haqida xabar berdi. 

Hamkorlik şartnomasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 19 iyun kuni imzolagan edi. Hujjat bandlaridan biri uçinçi davlat tomonidan hujum sodir bölgan taqdirda tomonlarga özaro harbiy yordamni kafolatlaydi. 

1948 yilgaça yagona davlat bölgan Janubiy va Şimoliy Koreya 1950 yildan buyon rasman uruş olib bormoqda. Yuz minglab odamlarning ölimiga olib kelgan şiddatli janglardan söng, mamlakatlar 1953 yilda sulh imzoladilar. Öşandan beri ular tinçlik şartnomasini tuzmagan.