Ukraina harbiylari AQŞdan Rossiyadagi nişonlarga zarba beriş uçun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanişga qöyilgan taqiqni bekor qilişni söradi. Bu haqda Associated Press agentligi Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) qömondonlariga tayanib yozmoqda. Ular sözlariga köra, Oq uy ruxsatisiz Rossiyadagi nişonlarga zarba beriş uçun uzoq masofali boşqariladigan raketalarni qöllaşda Ukraina Qurolli kuçlarining «qöllari boğlangan».
ATACMS raketalaridan foydalaniş Rossiya armiyasining «oldingi çiziqdan 100-150 kilometr uzoqlikda» joylaşgan «qömondonlik punktlarini» yöq qilişga yordam beradi, dedi Ukraina Qurolli kuçlari artilleriya bölinmasining «Gefest» çaqiruv belgisiga ega komandiri AP’ga.
AQŞ ATACMS’ni Rossiyaga hujum qilmaslik şarti bilan Kiyevga topşirdi
AP ta’kidlaganidek, Qöşma Ştatlar 2024 yil boşida Ukrainaga ATACMS raketalarini yuborişni boşladi, ammo ma’lum şartlar qöyildi - ular orasida, xususan, uşbu raketalarning Rossiya hududiga hujumlarini taqiqlaş bor. Bu şart «Rossiya içida joylaşgan aerodromlar va harbiy infratuzilmaga hujumlarning oldini oladi» va pirovardida «Ukraina samarali jang qiliş qobiliyatiga putur yetkazadi», deb ta’kidlaydi agentlik.
«Lis Mikita» çaqiruv belgisiga ega Ukraina Qurolli kuçlarining yana bir qömondoni ham Rossiya Federatsiyasiga hujumlar uçun ATACMS’dan foydalaniş taqiqlanganidan norozi. U Rossiya Ukrainaga «barça turdagi raketalar» bilan zarba berayotgan bir paytda, raketalar qöllaşni taqiqlaş böyiça vaziyatni «bema’nilik» deb atadi va Ukraina Qurolli kuçlari Rossiya qöşinlarini ta’minlovçi hududlarga javob qaytara olmasligini aytdi.
Ukraina rasmiylari AQŞdan ruxsat söramoqda
AP ma’lumotlariga köra, Ukraina rasmiylari Qöşma Ştatlardan Rossiyadagi alohida ahamiyatga ega bölgan harbiy obektlarga, masalan, aerodromlarga ATACMS raketalari bilan hujum qiliş taqiqini bekor etişni söramoqda. «ATACMS böyiça qaror, ehtimol, vaziyatga qarab özgartiriladi, deb umid qilamanki, qaror imkon qadar tezroq qabul qilinadi», dedi Ukraina Oliy radasi Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qömitasi raisining örinbosari Yegor Çernev agentlikka.








