KXDR Ukrainaga qarşi uruşni davom ettiriş uçun 2023 yilning ikkinçi yarmida Rossiyaga 1,6 million artilleriya snaryadlarini yetkazib bergan bölişi mumkin. Bu haqda The Washington Post naşri 22 iyun kuni xabar qildi. Gazeta global xavfsizlik masalalari bilan şuğullanuvçi C4ADS nodavlat taşkiloti tomonidan Rossiyaning transport-logistika kompaniyasidagi anonim manbadan olingan ma’lumotlarga işora qilmoqda.
C4ADS’ning uşbu ma’lumotlariga köra, 2023 yil avgustidan 2024 yil yanvarigaça Rossiyaning Uzoq Şarqidagi ikkita port şahardan Ukraina bilan çegaradagi 16 ta aholi punktiga 74 ming metrik tonna yuk yetkazilgan. Bu 1,6 million artilleriya snaryadlarining oğirligiga töğri keladi. Belgilangan manzillarda uşbu yuklarga «öq-dorilar» belgisi qöyilgan. Yuklarning jönab ketişi Şimoliy Koreyadan kelgan kemalarning portlarga yetib borişi bilan bir vaqtda yuz bergan.
The Washington Post bu ma’lumotlar KXDRdan Rossiyaga öq-dorilar yetkazib berilganining jiddiy bilvosita dalilidir, deb hisoblaydi. Gazeta qayd etişiça, Vladimir Putinning 2024 yil iyun oyida KXDRga taşrifi çoğida imzolangan «har tomonlama hamkorlik töğrisida»gi kelişuv Şimoliy Koreyadan Rossiyaga öq-dorilar yetkazib beriş uçun rasmiy asoslarni taqdim etadi.








