Orol dengizining şimoliy qismida suv hajmi oşdi. Bu haqda Qozoğiston Suv xöjaligi va irrigatsiya vazirligiga tayanib Tengrinews ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, yil boşidan buyon Orol dengizining şimoliy qismiga 1,1 milliard kub metr suv quyilgan. Şunday qilib, bugungi kunda Orol dengizining şimolidagi suv hajmi 21,4 milliard kub metrni taşkil etadi.
«Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonni öz içiga olgan Davlatlararo suv xöjaligini muvofiqlaştiruvçi komissiyasining 86-yiğilişida tomonlar suğoriş mavsumida Orol dengizining şimoliy qismiga 997 million kub metr suv quyilişi, şuningdek, oqim sekundiga kamida 30 kub metrni taşkil qilişi haqida kelişib oldilar», deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Orol dengizi şimolini janubdan ajratib turuvçi Kökorol töğoni qurilişi tugallangan edi. Töğon Orol dengizining şimolidagi suv sathini kötariş imkonini berdi.
«Töğon foydalanişga topşirilganidan to bugungi kunga qadar Orol dengizining şimoliy qismiga Sirdaryodan 46,6 milliard kub metr suv, sönggi 7 yilda 13,3 milliard kub metr suv quyildi. Orolning şimoliy qismida bir neça yil davomida suv hajmi kamayib borayotgan edi. Biroq 2024 yildan boşlab yana köpayişni boşladi va bugungi kunda 21,4 milliard kub metrga yetdi», dedi Suv xöjaligi vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.
Qayd etilişiça, Sirdaryo oqimining 75 foizi Qirğizistonda, 20 foizi Özbekistonda, 5 foizi Qozoğistonda hosil böladi.








