Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlaş böyiça özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.

Qonun loyihasi bilan ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravişda diniy ta’lim oliş jarayoniga jalb qilganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilaş, bunda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasini (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) qöşimça bandlar bilan töldiriş taklif etilmoqda.

Ya’ni ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravişda diniy ta’lim oliş jarayoniga jalb qilinsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigaça jarimaga tortiladi. Xuddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigaça jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosini tayinlaş belgilanmoqda.

Şuningdek, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravişda diniy ta’lim oliş jarayoniga jalb qilişga, ya’ni bolani röyxatdan ötkazilmagan yoki litsenziyaga ega bölmagan taşkilotlar yoxud maxsus diniy ma’lumoti bölmagan va diniy taşkilotlarning Özbekiston böyiça markaziy boşqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’lim berayotgan şaxslar ixtiyoriga diniy ta’lim olişi uçun topşirişga yöl qöyilmasligi belgilab qöyilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilingan.