25 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisida Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi xizmati, Transport, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirliklari hamda Boş prokuratura va Hisob palatasi mas’ul rahbar xodimlarining yöllarda xavfsizlikni ta’minlaş va ölim holatlarini kamaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar böyiça axboroti eşitildi.
Qayd qilinişiça, yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida 2023 yilda respublika böyiça qariyb 8 mingta obektda umumiy qiymati 13,5 trln sömlik quriliş işlari bajarilgan. Natijada, joriy yilning 5 oyi davomida yöl-transport hodisalari soni 7,2 foizga, tan jarohati bilan boğliq holatlar 8,7 foizga kamaygan.
Şu bilan birga, yöl-transport hodisalarining 57 foizi yöl infratuzilmasidagi kamçiliklar hamda 43 foizi haydovçi tomonidan yöl harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan. Hodisalarning 53,7 foizi piyoda va velosipedçilar bilan boğliq holatlar hissasiga töğri kelgan.
Ta’kidlanişiça, umumiy örta ta’lim maktablarining 9548 tasi transport qatnovi köp hududlarda joylaşgan va aksariyat maktablar oldida piyodalar uçun yölaklar mavjud emas, tegişli svetoforlar örnatilmagan. Oqibatda joriy yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar öquvçi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar öquvçi halok bölgan, 294 nafar öquvçi esa turli darajada tan jarohati olgan.
Yöllarda yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş yuzasidan ta’sirçan nazorat töliq va samarali örnatilmaganligi sababli 2023 yilda jami 16 milliondan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan.
Sodir etilgan 9839 ta yöl-transport hodisasi oqibatida 9209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2282 nafar fuqaro halok bölgan.
2023 yilda bolalar bilan boğliq 1794 ta yöl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bölgan. Ölim bilan boğliq yöl-transport hodisalarining salmoği Samarqand, Toşkent (80 tadan), Farğona (69 ta), Qaşqadaryo va Surxondaryo (53 tadan) viloyatlarida hamon yuqori ekani qayd etilgan.
Muhokamadan söng Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining uşbu kamçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan aniq takliflari aks etgan qarori qabul qilingani ta’kidlanmoqda.








