Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.

Ğazodagi vaziyat

Bugungi kunga kelib Ğazo sektorida köplab infratuzilma obektlari va turar joy binolari vayron qilingan.

Turli insonparvarlik taşkilotlarining ma’lumotlariga köra, uruş boşlanganidan buyon Ğazoda vayronaga aylangan uylar soni 10 mingdan oşgan. Minglab odamlar boşpanasiz qolgan.

150 dan ortiq masjidlar vayron qilingan yoki jiddiy talafot körgan.

Uy va masjidlardan taşqari maktablar, kasalxonalar va tijorat obektlari kabi köplab binolar ham vayron qilingan yoki zarar yetkazilgan. Baholaşlarga köra, bunday obektlar soni 20 mingdan oşadi.

Isroil aviatsiyasi HAMASning siyosiy qanoti yetakçisi Ismoil Haniyaning Ğazo sektori şimolidagi uyiga zarba berdi. Haniyaning qarindoşlaridan kamida 13 kişi halok bölgani aytilmoqda. Ular orasida uning opasi ham bor. Haniyaning özi ayni paytda Qatarda istiqomat qilib kelmoqda. Uruş boşlanganidan buyon HAMAS yetakçisi 17 nafar qarindoşidan ayrilgan.

Bugunga kelib, Ğazoda ölganlar soni 37 ming 658 kişiga yetgan. Yaradorlar soni 86 ming 237 kişini taşkil etmoqda. Sönggi sutka içida Isroil yana uçta ommaviy qirğin ötkazgan. 32 kişi öldirilgan, 139 kişi yarador bölgan.

7 oktyabrdan buyon Isroil tomonidan hisobga olinib, qamoqxonalarda saqlanayotgan falastinliklar soni 9 ming 385 nafarni taşkil etmoqda.

AQŞdagilar Isroildan şokda

Isroilliklar falastinliklarga qanday muomala qilayotganidan AQŞdagilar şokka tuşib qolişdi.

24 iyun kuni AQŞ Davlat departamenti Isroil harbiy jipiga boğlab sudralgan yarador falastinlik tasvirlangan videoni «şokka tuşiruvçi» deb atagan. Vaşington tezda suriştiruv ötkazib, aybdorlarni jazoga tortişni talab qilgan. Lekin uning çaqiriqlari odatiy tarzda javobsiz qolgan.

«Bu videoda nimalarni körganimizni aytib beraman. Bu insonni şokka tuşiruvçi bir holat edi. Bunday amaliyotga toqat qilib bölmaydi. Insonlardan heç qaçon tirik qalqon sifatida foydalanmaslik kerak», — degan Davlat departamenti vakili.