Prezident Şavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni mahallalar obodligini ta’minlaş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi. 

Qayd qilinişiça, Özbekistonda 10 mingga yaqin mahalla bor. Şundan qariyb 3 mingtasi köp qavatli uylardan iborat bölib, ularga 821 ta boşqaruv servis kompaniyasi xizmat körsatmoqda. Hovli uylar joylaşgan 6 ming 400 dan ziyod mahallada esa obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari, asosan, haşar bilan qilinadi. 

Şu bois bunday joylarda «Mahalla servis kompaniyasi» taşkil qiliş taklif etilmoqda. Unga köra, bu taşkilotlar mahallalarni obodonlaştiriş bilan şuğullanadi, köçalar va ariqlar tozaligini ta’minlaydi, köçatlar ekib, parvarişlaydi. Şartnoma asosida kommunal tarmoqlarni ta’mirlaş, çiqindilarni saralaş va taşiş xizmatlarini ham körsatadi. 

Servis kompaniyasi mahalla fuqarolar yiğini kengaşining qarori asosida salohiyatli tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi. Obodonçilik işlari mahallaning buyurtmasi va nazorati asosida amalga oşiriladi. Servis kompaniyalari xizmatlariga tölov qiliş uçun mahalla fuqarolar yiğinlariga har oyda 20 million sömdan mablağ ajratiladi. Şuningdek, ular aholiga 20 dan ortiq ijtimoiy pulli xizmat körsatişi ham mumkin böladi. 

Taqdimotda servis kompaniyalari avval tajriba tariqasida 208 ta mahallada taşkil etilişi belgilandi. Uşbu tajriba natijasi böyiça keyinçalik barça mahallalarda joriy qiliş taklifi bildirildi.