Şimoliy Koreya Yapon dengizi tomon gipertovuşli raketani muvaffaqiyatsiz uçirdi. Pxenyan yaqinidagi hududdan uçirilgan raketa 250 kilometrga yaqin uçib ötib, suvga qulagan, deb xabar berdi 26 iyun, çorşanba kuni AFP Janubiy Koreya ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi (ŞBBQ) vakiliga tayanib.
Uçiriş faktini Yaponiya qirğoq qöriqlaş xizmati ham tasdiqladi va Yapon dengizidagi kemalardan agar aniqlansa, raketa qoldiqlariga yaqinlaşmaslikni talab qildi.
KXDR 30 may kuni uşbu muvaffaqiyatsiz sinovdan oldin oxirgi raketa sinovini ötkazdi. Öşanda Seul Pxenyan 10 ga yaqin qisqa masofali ballistik raketa uçirgani haqida xabar bergan edi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Şimoliy Koreya artilleriya va qanotli raketalar işlab çiqarişni köpaytirgan, şuningdek, Ukrainada foydalaniş uçun Rossiyaga öq-dorilarni yuborişdan oldin ularning sinovlarini oşirgan.
KXDR Janubiy Koreyaga çiqindi şarlarini uçirişda davom etmoqda
Gipertovuşli raketa sinovi KXDR tomonidan Janubiy Koreya tomon yana çiqindi şarlari uçirilişi ortidan ötkazildi. Şimoliy Koreya havo şarlarining sönggi partiyasidagi «uçar jismlardan» biri samolyotga çiqiş yaqiniga qöngaç, Inçeon xalqaro aeroporti işi bir neça soat davomida töxtab qoldi.
Pxenyan allaqaçon Janubiy Koreyaga çiqindi bilan töldirilgan mingdan ortiq şar uçirdi. KXDR rasmiylari janubiy qöşnisiga «samimiy sovğalar» çegara hududlarida Kim Çen In rejimini tanqid qiluvçi «tarğibot materiallari tarqatilişiga javob» ekanini bildirdi.








