26 iyun kuni Yevro-2024 çempionatida guruh bosqiçi yakunlanadi. Quyida turnirdagi vaziyat körib çiqiladi — E va F guruhlarida qaysi jamoalarga qanay natija kerak?
Slovakiya — Ruminiya: «kelişuv» böladimi? (21:00 / ZörTV - yozib olingan holda)
Bu yerda vaziyat bir vaqtning özida çalkaş va oddiy. Ha, şunaqasi ham bölişi mumkin. Slovaklar kutilmaganda 1-turda jasorat körsatib, guruh favoriti sanalgan Belgiyani mağlub etdi (1:0), keyin esa ukrainlarga yutqazdi (1:2). Ruminiya esa birinçi turda Ukrainani yirik hisobda yenggandi (3:0), ammo Belgiya bosimiga bardoş bera olmadi (0:2).
Ayni vaqtda guruhning barça a’zolarida uçtadan oçkor borligi holida Ruminiya birinçi turdagi gollari evaziga birinçi örinda joylaşgan.
Slovakiya boş murabbiyi Françesko Kalsona öz jamoasi sönggi turda ğalaba uçun kuraşişini aytgan: «Bizning öz futbolimiz, öz uslubimiz bor. Qiyin bölişini bilamiz, ammo pley-offga çiqişni xohlaymiz. Biz buning uçun kuraşayotganimiz faktining özi — kiçik mamlakat uçun katta voqea va men bundan faxrlanaman. Ruminiya bilan öyinda uç oçko qölga kiritiş uçun imkon doirasidagi barça işni qilamiz».
Amalda esa ikki jamoani durang ham qonqtiradi. Şu tufayli öyin oldidan barça bu jamoalar özaro «kelişişi» mumkinligini muhokama qilmoqda. Ukraina Belgiyaga qarşi parallel uçraşuvda yutqazsa yoki durang qayd etsa, Ruminiya va Slovakiya bu jamoani şunçaki bortdan taşqarida qoldirişi mumkin. Bunaqasi 20 yil oldin ham bölgandi: Şvetsiya va Daniya şubhali 2:2 hisobini qayd etib guruhdan çiqişgan, Italiya esa pley-offsiz qolgandi.
Belgiya — Ukraina: Rebrov tavakkaçilik qilişiga töğri keladi (21:00 / ZörTV )
Ukrainaga 1/8 final yöllanmasi faqat ğalaba evaziga kafolatlanadi va jamoa lageridagilar «skandinavça durang» qayd etilişi kutilayotgan Ruminiya va Slovakiya öyini natijasidan umid qilmasdan, faqat ğalaba uçun maydonga çiqmoqçi.
Muhim masala: Sergey Rebrov tavakkalçilikka qöl urib, top-raqiblar uçun maxsus işlangan 5-4-1 sxemasiga ötişga jazm etadimi? Bunda köp narsa Mikolenko va Tsigankovning öyinga qançalik tayyor bölişiga boğliq. «Everton» çap qanot himoyaçisi hozirça turnirda biror marta maydonga tuşmagan, ammo u jarohatidan tuzalib, bir neça kundan buyon umumiy guruh bilan maşğulotlarda iştirok etmoqda.
Yana bir intriga — Ruminiyaga qarşi juda yomon öyin ötkazgan Lunin darvozaga qaytiş-qaytmasligi böyiça. Trubin Slovakiya bilan öyinda özini yaxşi körsatdi va köpçilik endi uni birinçi raqam sifatida körmoqda.












