Yevropa Ittifoqi Bryussel rus naşrlariga faoliyat yuritişni taqiqlaganiga javoban Moskva Rossiyada önlab Yevropa ommaviy axborot vositalariga kirişni çeklab qöyganini qoraladi. 25 iyun, seşanba kuni Yevropa komissiyasi raisi örinbosari, qadriyatlar va oşkoralik böyiça Yevropa komissari Vera Yurova Rossiyaning uşbu javob çoralari tuşunarsiz ekanini ma’lum qildi.
«Yöq, Rossiya harbiy doktrinasi doirasida dezinformatsiyani tarqatiş uçun Rossiya tomonidan moliyalaştirilgan tarğibot naşrlari mustaqil OAV bilan bir xil darajada turadigan narsa emas», deb yozadi u X ijtimoiy tarmoğida.
Davlat departamenti: Rossiya haqiqatdan qörqadi
Qöşma Ştatlarning ta’kidlaşiça, Rossiya önlab ommaviy axborot vositalariga kirişni tösib qöygan holda, haqiqiy ma’lumotlar oşkor bölişidan qörqadi. «Bu Rossiya hukumati jurnalistikani bostirayotganining yana bir belgisidir, çunki öz xalqi Rossiya harakatlari haqidagi haqiqatni eşitişidan qörqadi», dedi jurnalistlarga AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Metyu Miller.
Rossiya Yevropaning 81 ta OAV işini taqiqlaydi
Avvalroq Rossiya Taşqi işlar vazirligi Yevropa Ittifoqining 81 ta ommaviy axborot vositalari «ma’lumotlariga kiriş çeklanişi» haqida e’lon qilgan edi. Yevropaning önlab yirik naşrlari, jumladan, Germaniyaning Der Spiegel, Die Zeit va Frankfurter Allgemeine Zeitung, Ispaniyaning El Pais va El Mundo, Italiyaning La Stampa va La Repubblica, Fransiyaning Le Monde, Liberation va AFP, şuningdek, Politico va Euobserver umumevropa naşrlari bloklanadi.
Moskvada bu qadam Rossiyaning RIA «Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» naşrlariga Yevropa Ittifoqida «har qanday faoliyati» taqiqlanişiga «javob çorasi» deb ataldi. YeI kengaşi may oyida uşbu ommaviy axborot vositalarini taqiqlagan, qaror 25 iyunda kuçga kirgan. Yevropa Ittifoqi uşbu naşrlar «Rossiya taşviqotini va Ukrainaga qarşi uruşni qöllab-quvvatlaydi», deya ma’lum qildi.








