Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Jizzax viloyatiga kelib, BYD Uzbekistan Factory qöşma korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
Mazkur zavod şu yil yanvarda davlat rahbarining Xitoyga taşrifi çoğida işga tuşirilgan edi. Bu qiymati 160 million dollarlik loyihaning birinçi bosqiçi bölib, yiliga 50 ming dona elektromobil işlab çiqariş quvvatiga ega.

Buning uçun qöşma korxona zamonaviy sanoat infratuzilmasi bilan ta’minlandi. Qariyb 2 kilometr temir yöl tortildi. Işlab çiqariş uzluksizligini ta’minlaş uçun butlovçi qismlar ombori, 1 ming 200 ta konteyner siğimiga ega logistika markazi qurildi.
Zavodga Xitoydan robotlaştirilgan tizimlar va uskunalar keltirib örnatilgan. Işlab çiqariş jarayoni avtomatlaştirilgan. Elektromobilning geometrik ölçamlarini yuqori aniqlikda tekşiruvçi laboratoriya taşkil qilingan.
Prezident uşbu imkoniyatlarni közdan keçirdi, xitoylik şeriklar bilan suhbatlaşdi.

Hozirda bu yerda Chazor va Song Plus Champion modellari işlab çiqarilmoqda. Şavkat Mirziyoyev ilk elektromobillarga imzo qöydi.
Şu yerda davlat rahbariga işlab çiqarişni mahalliylaştiriş böyiça axborot berildi.
Kelgusi yillarda zavodda modellar qatorini kengaytiriş rejalaştirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinçi bosqiçda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million dollarlik uçinçi bosqiçda 500 ming donagaça yetkaziş közda tutilgan.
Elektromobillar soni ortişi bilan mahalliylaştiriş darajasi ham bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi. Eng avvalo, bamper, oyna, lak-buyoq, plastik qismlarni özimizda tayyorlaş yölga qöyiladi. Keyinçalik akkumulyator, elektr dvigatel, alyuminiy qismlar, şinalar, örindiqlar işlab çiqarişga ötiladi.

Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardoş böliş uçun innovatsiya va yetuk mutaxassislar kerak. Şu bois ta’lim va rivojlanişga qaratilgan "R&D markazi" taşkil etiş, ilm va muhandislik yutuqlarini izçil qöllab boriş zarurligi ta’kidlandi. Mahalliylaştiriş loyihalari orqali mahsulot tannarxini tuşiriş çoralari muhokama qilindi. Istiqboldagi maqsad - mintaqa bozorlariga çiqiş.













