Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yölladi.

Qadrli döstlar!

Avvalambor, öz iste’dodi va mahorati, fidokorona mehnati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz, milliy jurnalistikamiz jonkuyarlarini, soha rivojiga munosib hissa qöşgan muhtaram faxriylarimizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barçangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ma’lumki, axborot sohasini erkinlaştiriş va rivojlantiriş Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida biz uçun doimo ustuvor vazifa bölib kelmoqda. Mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritişini ta’minlaş böyiça muhim qoida va tamoyillar mustahkamlab qöyilgani, sohaga doir huquqiy asoslar takomillaştirib borilayotgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

Ayniqsa, keyingi yillarda yurtimizda söz erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erişiş yölida keng imkoniyatlar oçilayotgani media vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi iştiroki, örni va nufuzini yanada kuçaytirmoqda.

Bugungi kunda jamiyatimizda oçiqlik va oşkoralikni rivojlantiriş, davlat idoralari va ularning mansabdor şaxslari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş, fuqarolarimizning qonuniy murojaatlarini örganiş va hal qiliş borasida sizlarning örningiz va ta’siringiz tobora ortib borayotganini barçamiz yaxşi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Şu örinda gazeta va jurnallarimiz, tele va radio kanallar, ijtimoiy tarmoqlarda turli mavzulardagi dolzarb çiqişlar, muammoli masalalar yuzasidan mutaxassis va ekspertlar iştirokidagi körsatuv va eşittirişlar, tahliliy şarhlar, bahs-munozaralar sezilarli ravişda köpayganini ta’kidlaş lozim.

Xususan, quriliş, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşdagi kamçiliklar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi muammolar böyiça berib borilayotgan tanqidiy va tahliliy materiallar joylarda mudrab ötirgan ayrim rahbar va mutasaddilarni uyqudan uyğotib, yangiça işlab, odamlarning taşvişi bilan yaşaşga majbur qilmoqda.

Muxtasar aytganda, kuyunçak va olijanob jurnalistlarimiz, faol blogerlarimiz özlarining qat’iy pozitsiyasi, haqqoniy sözi bilan hayotimizdagi ötkir muammolarni hal etiş, islohotlarimizning samarasini oşiriş, yurtdoşlarimizning fikrini, dunyoqaraşini yuksaltirişga munosib hissa qöşmoqdalar.