Toşkent şahrining Yunusobod, Olmazor va Şayxontohur tumanlari hamda Toşkent tumanidagi ayrim iste’molçilar 27 iyun kuni ma’lum vaqt davomida elektr energiyasiz qoldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” axborotiga köra, soat 14:23 da Toşkent şahrida “L-DOK-1” va “L-DOK-2” yuqori kuçlanişli havo elektr uzatiş tarmoğida nosozlik yuzaga kelgan. Bu nosozlik bu tarmoqlarning muhofaza zonasida yuzaga kelgan yonğin bilan boğliq.

Kompaniya soat 16:37 da qöşimça xabar berib, nosozlik bartaraf etilgani, elektr energiyasidan uzilgan hududlarga qayta kuçlaniş berilganini ma’lum qildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” iste’molçilardan yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlarining muhofaza hududlarida ehtiyot çoralarini körişlarini söragan.

Toşkent tumani hokimligidan ma’lum qilişlariça, uziliş tumanning Nurhayot, Majnuntol, Ozodlik, Iftixor, Uççinor, Masalboy, Xiyobon, Zargar, Sohibkor, Kökterak, Halimköp, Sağbon, A. Navoiy, Qizğaldoq, Farovon, Gulobod, Uçsada, Gultepa, Şirin, Çuvalaçi, Navoiy, Qizğaldoq, Huvaydo, Fayzobod, Oqibat, Tinçlik, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Bahor, Hasanboy guzari, Kensoy, Yuqori Hasanboy, Avliyo-ota, Oydin hayot, Hojiota, Rahbarobod, Iqbol, Tutzor, Sabzovot, Darxon, Ibrat, Boğbon, Ayriota, Qaşqarlik, Mustaqillik, Sanoat, Ğişt köprik, Sirğali, Sarke mahallalarini qamrab olgan.