Asli tataristonlik podpolkovnik Irek Magasumov Rossiya Qahramoni unvonidan mahrum etilgan Ukrainadagi uruşda qatnaşgan birinçi harbiy böldi. Bu haqda 26 iyun, çorşanba kuni «Agenstvo» internet-naşri xabar berdi.

Harbiy xizmatçi Luhanskda 18 yoşli Darya Kiselevani öldirişda, şuningdek bezorilikda aybdor deb topilib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi «Biznes online» naşri erkakning advokatiga tayanib. Magasumov öz aybini tan olmadi, biroq marhumning onasidan «qöl ostidagilari ustidan nazoratni susaytirgani» uçun uzr söradi. 

Qotillikni tan olgan xizmatdoşi ozodlikka çiqdi 

Tergov ma’lumotlariga köra, 2023 yil avgust oyida Magasumov hamkasbi Pavel Yaskeviç bilan Luhanskdagi «Panorama» kafesida dam olgan va u yerda ikki qiz bilan uçraşgan. Kafe yopilgandan söng, Magasumov va Yaskeviç özining yangi tanişlariga Makarov töpponçasidan öq uzib körişni taklif qilgan, öqlardan biri Kiselevaga kelib tekkan. Avvaliga Yaskeviç qotillikni tan oldi va işda unga qarşi dalillar bölgan, ammo keyinroq Magasumovga ayblov qöyildi va uning xizmatdoşi ozod qilindi, deb tuşuntiradi «Biznes online». 

Irek Magasumov Rossiya Qahramoni yulduzini 2023 yil avgust oyi boşida, fojiadan bir neça kun oldin Kremlda qabul qilib olgan. U öşa oyda hibsga olingan. Prokuratura Magasumovni nafaqat Rossiya Qahramoni unvonidan, balki podpolkovnik unvonidan ham mahrum qilişni talab etdi. Harbiyning özi sudyadan uruşga qaytiş niyatini bildirib, harbiy unvonidan mahrum qilmaslikni söradi.

Yevgeniy Borisov işi: mahrum qilinganidan keyin Rossiya Qahramoni unvoni tiklangan

2016 yilda Çeboksar sudi Yevgeniy Borisovni Rossiya Qahramoni unvonidan mahrum qilib, uni noqonuniy qimor biznesini taşkil etişda aybdor deb topib, olti yarim yil qamoq va 10 million rubl miqdorida jarimaga tortgan edi. Biroq, 2017 yilda Borisov unvonini tiklaşga muvaffaq böldi va şartli ravişda ozod qilindi.