09:23 / 27.06.2024
1281

VK’ga tegishli ICQ messenjeri ishlashni to‘xtatdi

ICQ messenjeri Isroilda tashkil etilgan, 2010 yilda uni Mail.ru sotib olgan. U 2000-yillarda Rossiyada ayniqsa mashhur edi.

Foto: Yevgeniy Razumnyy / Vedomosti

Rossiyaning VK kompaniyasi ICQ messenjeri faoliyatini to‘xtatdi. 26 iyun, chorshanba kuni icq.com sayti servis yopilgani haqida xabar berdi. Foydalanuvchilarga «VK Messenjerda do‘stlar va VK WorkSpace’da hamkasblar bilan» muloqot qilishni davom ettirish tavsiya etiladi. 

2020 yilda ICQ rossiyaliklar tomonidan sotib olindi 

ICQ 1996 yilda Isroilda tashkil etilgan. 2000-yillarda u ijtimoiy tarmoqlar va boshqa messenjerlarga mashhurligini boy bermaguncha, Rossiyada ayniqsa faol ishlatilgan. Bundan tashqari, ICQ Chexiya, Germaniya va Isroilda mashhur edi. 

2010 yilda Rossiyaning Mail.ru Group (keyinchalik VK) AOL kompaniyasidan ICQ’ni sotib oldi. Tranzaksiya qiymati 188 million dollarga baholangan. 2018 yilda «Novaya gazeta» Rossiya razvedka xizmatlarida ICQ foydalanuvchilarining yozishmalariga kirish imkoni borligi haqida xabar bergan edi. 

2024 yilning may oyida VK ICQ messenjerini yopish va asosiy e’tiborni VK Messenjer va VK WorkSpace korporativ servisini rivojlantirishga qaratish rejalarini e’lon qildi. ICQ xodimlari ushbu loyihalar jamoalariga qo‘shilishi haqida xabar berilgan. 

Mavzuga oid
Top