AQŞ, Isroil va Ukraina Kiyevga sakkiztagaça Patriot havo mudofaa tizimini yetkazib beriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 27 iyun, payşanba kuni Financial Times gazetasi muzokaralar borişidan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. 

Naşr suhbatdoşlariga köra, kelişuv hali yakunlangani yöq, lekin katta ehtimol bilan u Isroil Patriot’larni avval AQŞga, u yerdan esa Ukrainaga jönatişini nazarda tutadi. Muzokaralar uç mamlakat vazirlari va boşqa yuqori martabali amaldorlari darajasida olib borilmoqda. 

FT eslatganidek, aprel oyida Isroil hukumati 30 yillik tarixga ega sakkizta Patriot batareyasini foydalanişdan çiqarib, ularni yanada ilğor tizimlarga almaştirişni bildirgan. Biroq, Livanning «Hizbulloh» harakati bilan ziddiyat keng kölamli uruşga aylanib ketişi mumkinligi fonida bu batareyalar hali xizmatdan olib taşlanmagan. 

Kiyevda kamida törtta Patriot tizimi mavjud 

Hozirda Ukrainada kamida törtta Patriot tizimi mavjud bölib, ular AQŞ va Germaniya tomonidan yetkazib berilgan, deya qayd etadi gazeta. Yangi ta’minotlar bölsa, mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada mustahkamlanadi. Ayni vaqtda Isroilning Ukrainaga yordam körsatiş böyiça muzokaralarda iştirok etişi uning Rossiya bilan munosabatlarida özgarişlar yuz berişidan darak berişi mumkin. 

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba FT’ga bergan intervyusida Kiyev «qöşimça Patriot tizimlarini oliş uçun dunyoning turli mamlakatlari bilan hamkorlik qilişda davom etişini» aytdi. Biroq u AQŞ va Isroil iştirokidagi muzokaralarni tasdiqlamadi. 

Naşr manbalarining ta’kidlaşiça, Ukraina rasmiylari Patriot topşirilişi böyiça amerikalik rasmiylar, jumladan, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken va AQŞ milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jyeyk Sallivan bilan ham, bevosita Isroil vakillari bilan ham aloqada.