Ijtimoiy tarmoqlarda boğçada bolaga jarohat yetkazilgani aytilayotgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani haqida xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, 2024 yil 24 iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani tibbiyot birlaşmasi navbatçi şifokori IIBga xabar berib, boğça tarbiyalanuvçisi, 2019 yilda tuğilgan A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganini bildirgan.

Ötkazilayotgan tergovga qadar tekşiruv jarayonida aniqlanişiça, 24 iyun kuni mazkur boğçada bölgan A.Yu. 2019 yilda tuğilgan boşqa bola A.S. bilan urişgan. Şundan söng A.S.ning otasi kelib A.Yu.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan.

Qayd etilişiça, hozirda bolaga yetkazilgan jarohat darajasini aniqlaş yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv davom etmoqda. Bu borada qöşimça ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Samarqand viloyati Toyloq tumani Soçak qişloğida yaşovçi erkak 6 yoşli ögay öğlini kamar bilan savalagandi.