Bugungi kunda IT sohasida özini özi band qilgan yoşlar – frilanserlar 50 mingdan oşdi. Bunday yoşlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargaça eksport qilmoqda.

Lekin, bizda ularni boşini qovuştiradigan, muammolarini eşitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yöq. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni yoşlar bilan uçraşuvda aytib ötdi.

Davlat rahbari qöşilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan yoşlar uçun ham katta imkoniyatlar eşigini oçib beriş zarurligini ta’kidladi.

Endilikda:

  • IT sohasida özini özi band qilgan yoşlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;
  • ular uç yil muddatga barça soliqlardan ozod qilinadi;
  • IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanişi uçun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;
  • yoşlarni uşbu sohaga jalb qiliş böyiça alohida dastur amalga oşiriladi.

Yoşlarni katta daromad keltiradigan kasblarga örgatiş, yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan loyihalarni köpaytiriş uçun har yili 100 mln dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoşlar tadbirkorligi jamğarmasi Yoşlar agentligiga ötkaziladi.

Eng köp iş örni yaratgan, fidoyi yoş tadbirkorlar jamğarma kengaşiga kiradi. Jamğarma rahbarini ham uşbu yoşlarning özi saylaydi.

Jamğarma, yoşlarning eng yaxşi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihaning tayyor biznesga aylanib, daromad keltirişgaça barça jarayonida kömaklaşadi, bozorini topadi.

Jamğarma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “törtinçi sanoat” kasblariga öqitiş markazi oçadi va töliq jihozlab beradi. Bu markazlar yoş tadbirkorlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga ijaraga beriladi. Markazlarning öquv dasturlari xalqaro standartlarga moslaştiriladi.

Jamğarma, şuningdek, Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoşlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi. Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uçun yoşlarga 7 yilda bölib tölaş şarti bilan beriladi. Bunda yoşlardan birinçi yil uçun tölov undirilmaydi.