Navoiy şahrida yaşovçi şifokor ayol firibgarlar yolğoniga aldanib, katta miqdordagi mablağidan ayrildi. Holat bir neça kun oldin sodir bölgan.
4 mln dollarlik “xörak”
Şifokorning Kun.uz muxbiriga hikoya qilib berişiça, unga ijtimoiy tarmoq orqali bir ayol yozib, Londonda yaşaşini, oğir kasallikka duçor bölganini, puldorligini, şu kunlarda operatsiyaga kirayotganini bildirgan. “Odamlarga yaxşilik qilmoqçiman. Bu işni amalga oşiriş uçun köplab insonlar orasidan seni tanladim”, degan u.

Londonlik ayol öz boyligidan 4 mln dollar pulni naqd körinişida jönatişini, uning 40 foizini xizmati uçun öziga olib, qolganini hududdagi ehtiyojmandlarga tarqatişi kerakligini aytgan. U “ölja”sini işontiriş uçun tinmasdan şifoxonada yotgani, operatsiyaga tayyorlanayotgani aks etgan fotolar jönatib turgan.

Navoiylik şifokor ayol yolğonga işongan va bu tuzoqqa ilingan.
“U menga tinmasdan bu işni heç kimga aytmasligimni, sababi 4 mln dollar katta miqdordagi pul ekanini, mablağ qölimga xavfsiz yetib kelişi kerakligini ta’kidlardi. Afsuski, men özim ham bilmagan holda unga işonib qöydim va buni heç kimga aytmadim”, deydi ayol.
Eski firibgarlikka qöşilgan yangi element: agent
“Millioner xonim” 4 mln dollar pulni maxsus seyfga joylaştirib, uning kodini ayolga aytadi. Isbot uçun katta miqdordagi dollar seyfga joylaştirilgani aks etgan video jönatadi. Keyin yukni Özbekistonga Turkiya orqali jönatib yuboriş uçun agentga topşirganini ma’lum qiladi. “Seyf kodini heç kimga, hatto agentga ham bildirma. Özim operatsiyaga kiryapman, agent sen bilan boğlanadi” deya ta’kidlaydi.
Şu tariqa endi orada uçinçi odam – yukni olib keliş uçun biriktirilgan agent paydo böladi va u köp kuttirmasdan şifokor ayolga boğlanadi hamda yukni olib yölga çiqqanini bildiradi.


















