Telegram asosçisi Pavel Durov Özbekistonga bir neça kunlik taşrifi böyiça taassurotlarini örtoqlaşdi. U mamlakat öziga juda yoqqanini bildirgan va safar davomida olgan fotosuratlarini bölişgan.
«Özbekistonda Telegram’ni yaxşi körişadi: mamlakatning 37 millionlik aholisidan 70 foizdan ortiği Telegram’dan foydalanadi va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamiz bilan boğliq (mamlakatdagi har bir biznes tarmoğida Telegram-bot yoki kanal mavjud). Biz bu maşhurlikdan faxrlanamiz va bunga javoban Özbekistonga sevgimizni izhor qilamiz», — degan Durov.
U tez rivojlanayotgan Toşkentning zamonaviy infratuzilmasi, Özbekiston şarqidagi toğli landşaftlar hamda Buxoro va Samarqandning boy tarixi özini hayratga solganini bildirgan.
«Men juda köp yoş va iqtidorli, qalbi qaynoq insonlarni uçratdim. Men iliq qabuldan mamnunman va umid qilamanki, yil oxirida quyoşli Toşkentga yana kelaman», — deya yozgan u.










Biroz oldinroq Markaziy Osiyo MMA konfederatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Toşkentda Pavel Durov bilan uçraşgani haqida xabar bergandi








