Germaniyada ötayotgan Yevropa çempionatida 1/8 finalning ikkinçi bahsida mezbonlar Daniyaga qarşi maydonga tuşib, ikkinçi bölimda Haverts va Musiala urgan gollar evaziga ğalaba qozonişdi. Nemislarning birinçi golidan 4 daqiqa avval skandinaviyaliklar töp kiritişgandi, ammo Andersenning goli kiçik ofsayd sabab bekor qilindi. 

E’tiborlisi, bellaşuv 36-daqiqada kuçli momaqaldiroq sabab 20 daqiqaga töxtatildi va söng davom ettirildi. 

Germaniya çorakfinalda Ispaniya — Gruziya juftligi ğolibi bilan öynaydi. 

Yevro-2024. 1/8 final

Germaniya — Daniya 2:0

29 iyun, «Signal Iduna Park»

Gollar: Haverts (53, penalti), Musiala (68).

Germaniya – Noyyer, Ryudiger, Şlotterbek, Raum (Henriks, 80), Kroos, Gundöğan (Fullkrug, 65), Andrix (Jan, 64), Kimmix, Haverts, Sane (Anton, 88), Musiala (Virts, 81).

Daniya – Şmeyxel, Ba (Kristiansen, 81), Vestergor, Kristensen (Bruun Larsen, 81), Andersen, Mele, Dileyni (Nyorgor, 69), Eriksen, Hyoyberg, Olsen (Poulsen, 69), Hoylund (Vind, 81).

Ogohlantirişlar: Andersen (57), Mele (60).