Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Isroilning Ğazodagi ikki uyga aviazarbasi natijasida kamida 8 kişi halok böldi.
Falastinning WAFA axborot agentligining xabariga köra, Isroil harbiy havo kuçlari Ğazo şahridagi ikkita turar joyga aviazarba bergan. Kamida 8 nafar falastinlik halok bölgan, ulardan taşqari, köplab insonlar jarohatlangan.
Xabarga köra, Ad-Daraj mavzesidagi Abu Qumayllar oilasiga tegişli uy va As-Sabra mavzesidagi Quvaydarlar oilasiga tegişli uylarga bombalar taşlangan.
Halok bölganlar va yaradorlarning aksariyatini ayollar va yoş bolalar taşkil etadi.
Bundan taşqi Isroilga tegişli pilotsiz parvoz qurilmasining As-Sabra mavzesidagi transport vositasiga kelib urilişi ham köplab qurbonlar va yaradorlarga sabab bölgan.
Falastinga zuğum tingani yöq. Isroilning moliya vaziri Betsalel Smotriç Ördun daryosining ğarbiy sohilida amalga oşiriladigan yangi okkupatsion rejani e’lon qildi.
Uning aytişiça, Falastinni tan olgan davlatlar katta xatoga yöl qöyişgan.
«Biz Ğarbiy sohilda Isroil uçun 5 ta yangi manzilgoh quramiz. Ularning har birini Falastinni davlat deb tan olgan mamlakatlar şarafiga nomlaymiz», — degan Smotriç.
Erondagi saylovlar
Ibrohim Raisiyning fojiali halokatidan söng Eronda muddatidan avval ötkazilayotgan prezidentlik saylovi ğolib ikkinçi turda aniqlanadigan böldi. Birinçi turda nomzodlarning heç biri 50 foizdan köproq ovoz jamğara olmagan.
Birinçi turda Islohotçilar qanotidan yagona nomzod, etnik ozarboyjon Mas’ud Pezeşkiyon 42,5, konservatorlar qanotidan nomzod Said Jaliliy esa 38,5 foiz ovoz jamğargan.
Saylovda iştirok etgan yana ikki nomzod — Muhammad Baqir Ğolibof va Mustafo Purmuhammadiyga saylovçilarning kamroq qismi ovoz berişgan.
Eron Içki işlar vazirligining saylov ştabi mamlakatning 9-prezidentini aniqlovçi 14-saylov mamlakat içida 59 mingdan ziyod, yana xorijdagi 95 ta davlatlardagi saylov uçastkalarida ötgan 14-prezidentlik saylovlari ğolibi endi ikkinçi turda aniqlanişini e’lon qildi.







