Profilaktika işlari sababli elektr energiyasi uçun onlayn tölov jarayonida texnik uzilişlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilişiça, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan körsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oşiriş hamda iste’molçilarga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida 2024 yil 2 iyul soat 00:00dan 3 iyul soat 22:00gaça ma’lumotlarni qayta işlaş markazida profilaktik işlar olib boriladi.

Mazkur vaqt oraliğida elektr energiyasi uçun onlayn tölovlarni amalga oşiriş hamda şaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olişda texnik uzilişlar bölişi mumkin. Iste’molçilarga qulaylik yaratiş maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molçilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.