Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro xalqaro firibgarlarga aldanib, katta miqdordagi mablağidan ayrildi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamroqulov ma’lum qildi.
Holat bundan ikki oy oldin sodir bölgan. Nigeriyalik firibgarlar ijtimoiy tarmoq orqali ayolga murojaat qilib, katta kompaniya egasi vafot etgani, u öşa milliarderning uzoq qarindoşi bölişi e’timoli borligini bildirişgan. “Qon analizingizni bizga jönatasiz va biz buni tekşirib köramiz. Agar qarindoşlik ehtimoli töğri bölsa, kompaniya rahbaridan qolgan 3 mlrd dollarlik meros sizga ötadi”, deya “qarmoq” taşlagan firibgarlar.
Ayol esa bu yolğonga işongan hamda qon analizini jönatgan. Buni tekşiriş uçun esa firibgarlarga ming dollar pul köçirib bergan. Biroz vaqtdan söng u haqiqatan ham öşa milliarderning qarindoşi bölib çiqqani, minglab odamlarning qon analizlari tekşirilib körilganida aynan uniki mos kelgani haqida “xuşxabar” olgan.
Şu tariqa “meros”ni rasmiylaştiriş işlari boşlangan. Firibgarlar ayolni avvaliga katta miqdordagi pulni ötkazişimiz uçun bankdan hisobraqam oçişingiz va unda 20 ming dollar pul bölişi kerak, deya aldaşgan.
Söngra bosqiçma-bosqiç “çuv tuşiriş” jarayoni boşlangan: ayol firibgarlarning ayrim hujjatlarni rasmiylaştiriş, advokatlik xizmati va boşqa turli bahonalariga işonib, bir neça bosqiçda ularga 90 ming dollar ötkazib bergan. Fuqaroning bunça miqdordagi puli bölmagan. Şu sababli, u öz yaşab turgan uyini sotib yuborgan hamda bor pulini şu “meros işi”ga “tikkan”.
“Meros summasi 3 mlrd dollar, deb aytilgan. Şu sababli, fuqaro 90 ming dollar çiqim bölsa ham katta miqdordagi pulga ega bölaman, deb öylagan. Bu iş böyiça ançadan beri tergov harakatlarini olib boryapmiz. Mazkur pullar birinçi bosqiçda Turkiya davlatiga ötkazilgani aniqlandi. Turkiyaga sörov jönatib, aniqlab körsak, pullar u yerdan Yevropa davlatlariga ötib ketgan ekan. Şu tariqa hozirda uşbu pul 5-6 ta davlatda aylanib yuribdi. Bunaqa ssenariylarning oxirida pullar oddiy odamlarning nomlariga oçilgan bank hisobraqamlariga, ya’ni egallab olingan şaxsiy ma’lumotlar asosida oçilgan onlayn hisoblarga tuşgan böladi. Bundan esa ularning özlarining ham xabari bölmaydi”, deydi IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamroqulov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda
Umidjon Hamroqulovning qöşimça qilişiça, bu kabi jinoyatlar uyuşgan jinoiy guruh tomonidan sodir etiladi. Ularni oçiş juda ham qiyin hisoblanadi. Dunyo tajribasida ayni şu turdagi jinoyatlarning 60-70 foizi oçilmay qoladi.
Oldinroq Navoiy şahrida işlovçi şifokor ayol çet el firibgarlarining 4 mln dollar naqd pul jönatişi, uning 40 foizini öziga olib qolib, qolganini ehtiyojmandlarga tarqatişi kerakligi haqidagi yolğoniga işonib, 7,5 ming dollaridan













