AQŞ sobiq birinçi xonimi Mişel Obama noyabrda böladigan prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasi nomzodi sifatida qatnaşişi mumkin. Bu haqda AQŞning qator naşrlari yozmoqda. Bunday miş-mişlar Jo Bayden 28 iyun kuni Donald Tramp bilan debatda juda yomon qatnaşganidan keyin tarqaldi. 90 daqiqalik debat davomida Baydenda keksalik alomatlari sezilib qoldi va demokratlar uning çiqişini halokat deb qabul qilişdi.

Bayden hozirça nomzodini olmoqçi emas, u 30 iyun kuni çiqiş qilib, saylovda qatnaşişi, Trampni yengişini aytdi. Ammo barçasi avgustdagi demokratlar qurultoyida aniq böladi. Debatgaça Bayden partiyaning yagona nomzodi bölişiga şubha yöq edi, çunki u praymerizda ğolib bölgan. Ammo debatdagi omadsizlikdan keyin demokratlar Bayden örniga tetikroq nomzod izlay boşlagan. Xöş, şunday bölsa, uning örnini kim egallaşi mumkin?

Kamala Harris – AQŞ vitse-prezidenti

Foto: Rod Lamkey - Pool via CNP/Keystone Press Agency/Global Look Press

Agar Baydenga amaldagi prezidentlik vaqtida nimadir bölib, prezidentlik vakolatlarini bajara olmay qolsa, uning örnini qonun böyiça vitse-prezident Kamala Harris egallaydi. Bu jihatdan AQŞ tarixidagi ilk ayol vitse-prezident «siyosiy merosxör» hisoblanadi.

Uning nomzodini qöllovçi ikki muhim omil bor: birinçidan, Harris AQŞ prezidentligi uçun kuraşadigan ilk qora tanli ayolga aylanadi, bu tarixdagi ilk qora tanli prezidentni mamlakat tepasiga olib kelgan demokratlar qaraşlariga mos. Ikkinçidan, demokratlar ançadan buyon ayol prezident saylaş haqida orzu qilişadi va 2016 yil bu rejalari amalga oşişiga ham bir baxya qolgandi.

Şu bilan birga, Harrisning reytingi havas qilarli darajada emas. Bundan taşqari, Bayden jamoasida Harris Trampga qarşilik qila olmaydi deb hisoblaşadi.

Gevin Nyusom – Kaliforniya gubernatori

Kaliforniyaning 56 yoşli gubernatori Gevin Nyusom 81 yoşli Baydenning öğli qatori

Nomzodlar orasida eng maşhurlaridan biri – AQŞdagi aholi soni va iqtisodiyoti böyiça eng yirik ştat Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusondir. Özi bu ştatni kim boşqarmasin, uning reytingi yuqori böladi, hatto bu aktyor Arnold Şvarsenegger bölsa ham. Çunki Kaliforniyaga gubernator böliş AQŞ prezidenti bölişdan oson iş deb bölmaydi. Mamlakatdagi eng liberal ştatlardan bölmiş Kaliforniya mustaqil davlat bölganida, dunyodagi eng boy beşinçi mamlakatga aylanardi.