Şavkat Mirziyoyev 1 iyul kuni tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari böyiça hisobot bilan tanişdi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yil boşida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejaş böyiça maqsadli körsatkiçlar şakllantirilgan. U, işlab çiqarişga xalal bermagan holda, energiya iste’molini samarali taşkil etiş orqali muayyan hajmlarni tejaşga qaratilgan.

Yiğilişda şu boradagi işlarning bajariliş holati körib çiqilib, energiya iste’molida öğirliklar köpligi körsatib ötilgan. Qayd etilişiça, bu yil 15 mingta holatda tabiiy gaz va 28 mingta holatda elektrdan öğirlik aniqlangan. Buning sababi sifatida hozirgi tizimda noqonuniy ulanişlarning oldini oliş emas, oqibati bilan kuraşilayotganligini ta’kidlangan. 

Şavkat Mirziyoyev bunday holatlarga yöl qöymaslik, energiya sarfini qat’iy nazorat qiliş, mas’ullarning javobgarligini oşiriş zarurligini qayd etgan. Şuningdek, davlat rahbari sohadagi investitsiyaviy loyihalarni, çet ellik şeriklar bilan erişilgan kelişuvlarni yuqori darajada amalga oşiriş kerakligini ta’kidlagan.

Yiğilişda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik böyiça ham axborot berilgan. Qayd etilişiça, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani ta’mirlaş böyiça işlar boşlangan. Bunga qöşimça 595 kilometr elektr tarmoği qurilib, qator yangi podstansiyalar işga tuşiriladi. Issiqlik stansiyalari barqaror işlaşi uçun zarur yoqilği, butlovçi va ehtiyot qismlar zaxiralari şakllantirilmoqda.

Yiğilişda mutasaddilarga energiya işlab çiqarişni köpaytiriş, infratuzilmani modernizatsiya qilib, energiya yetkazib beriş uzluksizligini ta’minlaş yuzasidan vazifalar qöyilgan.