Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişida elektron dalillar bilan işlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda milliy protsessual qonunçilik hujjatlarida elektron dalillar tuşunçasi, ulardan foydalaniş tartibi aniq belgilanmagan. Raqamli dalillarga qanday ma’lumotlarni kiritiş böyiça ham normalar mavjud emas. Ğaraz niyatli şaxslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jinoyat sodir etiş holatlari esa keskin oşib bormoqda.
Ayniqsa, kibermakonda sodir etilayotgan mulkiy turdagi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bölmoqda. Bunday jinoyatlardan jabrlanganlar soni va zarar kölami oşib boryapti. Dunyoning istalgan hududida turib, mol-mulkni talon-toroj qiliş imkoniyatining mavjudligi ham mazkur jinoyatlarni aniqlaş va foş etişning murakkabligi bilan izohlanadi.
Keyingi paytlarda jinoyatçilar aholining bankdagi pullarini talon-toroj qilişda yangi usullardan foydalanmoqda. Xususan, dasturiy apparat qurilmalari yordamida qonunga xilof tarzda bank kartasi yoki boşqa tölov kartalarining nusxasini yasaş, soxtalaştiriş orqali özganing bank hisobidagi yoxud elektron tölov hamyonidagi pullari talon-toroj qilinmoqda.
Aksariyat rivojlangan davlatlarda bankomatlar va tölov terminallariga örnatiladigan bank kartalarining ma’lumotlarini öğirlovçi yoki dublikatini yasovçi qurilmalarni işlab çiqariş, tayyorlaş, olib kiriş, saqlaş, ötkaziş va foydalaniş uçun qattiq jinoiy jazolar belgilaş orqali ijobiy natijaga erişilgan.
Şundan kelib çiqib, uşbu qonun loyihasi bilan ayrim qonunlarga elektron dalil tuşunçasi va ularni aniqlaş, töplaş, taqdim qiliş, tekşiriş, baho beriş, qayd etiş, saqlaş tartiblari va bu jarayon iştirokçilarining huquq va majburiyatlariga oid özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Muhokamalardan söng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qöllab-quvvatlangan.








