Sönggi oylarda dunyoning qator mintaqalarida vabo epidemiyasi keskin kuçaya boşlagani ma’lum qilindi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bayonotiga asoslanib Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, joriy yil may oyida 46 mingdan ortiq kişiga uşbu xavfli kasallik taşxisi qöyilgan va bu aprel oyiga nisbatan 58 foiz yuqori körsatkiçdir. Epidemiya öçoqlari 19 mamlakatda qayd etilgan. May oyida röyxatga olingan bemorlar soni – 46,4 ming nafardan ziyod. Ularning 185 nafari xastalik oqibatida hayotdan köz yumgan.  

Yuqori ösiş dinamikasi asosan Şarqiy Örtayer dengizi mintaqasi hissasiga töğri kelmoqda. Afğonistonda 13 ming nafardan ortiq, Pokistonda esa 13 mingga yaqin yangi holat qayd etilgan.  

“Umuman, joriy yil boşidan buyon sayyoramiz böyiça qariyb 195 ming odam uşbu xastalikni yuqtirgani aytilmoqda. Epidemiya qurbonlari soni 1,9 ming nafardan oşgan”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilişiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti vaboning dunyo böylab tarqaliş xavfini yuqori deb baholagan va 2023 yil yanvar oyidan 2024 yil mayigaça vaksinalarga bölgan talab ikki barobar oşganini bildirgan.