Afrikaning 23 davlatida vabo qayd etilgan. 9 avgust, şanba kuni dpa agentligi Afrika Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlariga (Africa CDC) tayanib xabar berganidek, joriy yilning özidayoq 205 000 ta infeksiya holati qayd etilgan, ölim darajasi 2,1 foizni taşkil etgan.
Ötgan yili bu körsatkiç 1,9 foizni taşkil etdi, dedi Africa CDC vakili Ngaşi Ngongo brifingda. «Biroq, bu örtaça körsatkiçlar. Noqulay mahalliy şaroitda ölim darajasi ança yuqori bölişi mumkin», — deya ta’kidlaydi dpa naşri.
Vabodan ölimning asosiy sababi suvsizlanişdir. Kasallik köpinça kambağal odamlarga va toza içimlik suviga ega bölmagan ijtimoiy zaif qatlam vakillariga ta’sir qiladi.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YUNISEF, Unicef) ogohlantirganidek, Ğarbiy va Markaziy Afrika mintaqasida yomğirlar mavsumi boşlanişi bilan 80 mingdan ortiq bola vabo xavfi ostida qolgan. Buning sababi şundaki, atrofdagi hamma narsani suv bosadigan yomğirlar paytida hojatxonalardagi çiqindilar köplab afrikaliklar suv oladigan quduqlar va daryolarga tuşadi.








