Toşkent şahrida joylaşgan kiyim dökonlaridan biri Instagram sahifasiga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov dökonni reklama qilganiga oid rolikni joyladi.
Videoda vazir dökon Toşkentning qoq markazida joylaşganini ta’kidlarkan, özbekistonliklar Italiya sifatiga teng darajada mahsulotlar işlab çiqarayotganini aytgan.
“Bu yerda kiyim-keçaklar, sport yönalişidan tortib klassikagaça, barça yönalişlar mavjud. Kirib bir narsaga qoyil qoldim, Italiyaning eng yuqori sifatli mollaridan kam emas. Bu holatdan faqat faxrlandik. Barça özbek xalqini milliy mahsulotlarimizni qöllab-quvvatlaşga çaqiramiz”, — degan vazir.
Dökon rolik joylangan sahifa izohida Ozodbek Nazarbekovni madaniyat vaziri, Özbekiston xalq artisti va The Voice of Uzbekistan loyihasi hakamlaridan biri deb taniştirgan hamda unga eng aktual obraz taqdim etilganini ta’kidlagan.
Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining ma’lum qilişiça, holatning “Reklama töğrisida”gi Qonunga mosligi örganiladi.












