Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Sergeli tumani hududida köp qavatli uy oldida bir neçta fuqaro janjallaşayotganligi aks etgan video lavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, holat joriy yilning 3 iyul kuni taxminan soat 23:00larda Sergeli tumani Qöyliq-5 dahasida sodir bölgan. Özaro taniş bölgan K.F., B.A., T.J., F.R. va I.U. oğzaki kelişmovçilik sababli janjallaşib ketişgan. Janjal oqibatida uç kişi tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki oğir jarohat olganlar yöq.

Holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumondor şaxslar uşlangan. Tergov davom etmoqda.