Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtoturargohlarni qidirish va bron qilish imkoniyati yaratiladi
Buning uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalar yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlarni yaratish loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov “iCell” kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o‘tkazgan. Muloqot chog‘ida yo‘l va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilingan.
Uchrashuvda Vengriya kompaniya tomonidan Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida olib borayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda haq to‘lash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan. Kompaniya mutaxassislari loyihani samarali amalga oshirishning mumkin bo‘lgan variantlarini o‘rganish va Toshkent shahrining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus takliflarni tayyorlash ustida bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda.
Muloqot davomida ushbu loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari, ularni hal etish yo‘llari, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq tushunishni nazarda tutuvchi moddalarning dispozitsiyalari bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026